Lamin Yamal 18 yoshda. Ammo u allaqachon o‘zini jahon chempionati finalida ko‘rayotgan insondek fikrlaydi.
«Barcelona» va Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Neymar bilan do‘stligi haqida gapirdi — va shu bilan birga orzusidagi ssenariyni ham tasvirlab berdi:
«Menga Braziliya yoqadi, u yerga yana qaytishni xohlayman. Men Neymar bilan gaplashdim va agar ikkovimiz ham mundial finaliga chiqadigan bo‘lsak, undan keyin ta’tilga borishga kelishib oldik. 2026 yilgi jahon chempionatida Ispaniya – Braziliya finalini kutyapman».
2026 yilgi jahon chempionati Shimoliy Amerikada bo‘lib o‘tadi — turnirni AQSH, Kanada va Meksika qabul qiladi. Format kengaytirilgan, raqobat yanada kuchli bo‘ladi. Hozirgi amaldagi chempion — Argentina. Ammo Yamalni tinglasangiz, uning xayolida allaqachon boshqa afisha bor.
Ispaniya – Braziliya. Va Neymar qayerdadir yonida.







